22 jan 17:06
Yangiliklar
Tennis
Aleksandr Zverev navbatdagi bosqichga chiqishi uchun yana 5 set kerak bo'ldi
Dunyoning 6-raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverev Avstraliya Ochiq chempionatining to'rtinchi bosqichida britaniyalik Kemeron Norriga qarshi kortga chiqdi.
4 soat 9 daqiqa davom etgan o'yinda Zverev 7:5, 3:6, 6:3, 4:6, 7:6 hisoblarida g'alaba qozondi va chorak finalga chiqdi.
Endi u yarim final yo'llanmasi uchun dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkarazga qarshi o'ynaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar