26 sen 12:16
Yangiliklar
Tennis
Aleksandrova Seul turniri bosh sovrini qo'lga kiritdi
Janubiy Koreyaning Seul shahrida tennis bo'yicha WTA turniri yakuniga etdi.
Bosh sovrin dunyoning 24-raketkasi Ekaterina Aleksandrovaga nasib etdi. Rossiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingda o'zidan 5 pog'ona yuqorida borayotgan latviyalik Elena Ostapenkoni 7/6(4), 6/0 hisobida taslim etdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Katya hisobni yiriklashtirdi - 5:2. Etmish daqiqa davom etgan bahsda Aleksandrova 6, Ostapenko 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Koreyadagi muvaffaqiyatli ishtirok Aleksandrovaga 280 reyting ochkosi hamda 33,200 dollar mukofot puli keltirgan. Bu uning mavsumdagi ikkinchi faoliyatidagi uchinchi WTA sovrini bo'ldi.
Havola :
Fikrlar