31 mar 13:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Ali Taysonning ishini qildi, u Praysni tishlab oldi
Angliyaning Liverpul shahrida professional boks kechasi o'tkazildi.
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglarning biri kam kuzatiladigan holat bilan yakunlandi. Britaniyalik taniqli bokschi Devid Prays mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Kesh Aliga qarshi ringga ko'tarildi.
Beshinchi raundda Prays raqibiga kuchli zarba berdi. Ali oyoqda turib qolish uchun raqibiga suyanib oldi. Natijada ikkala bokschi ham muvozanatni yo'qotdi. Kesh yotgan holatida raqibining qorin qismini tishlab oldi. Buni ko'rgan referi Alini diskvalifikaciya qildi va g'alabani jabrlanuvchiga taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar