So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

28 okt 14:56
Yangiliklar

Sambo

Alisher Alimov JCHga tayyorgarlik ko'rayotgan sambochilar bilan uchrashdi

Teglar :  Sambo
Xabar berganimizdek, 11-13 noyabr kunlari Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida sambo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkaziladi.

Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasi mazkur nufuzli musobaqaga so'nggi tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Sambochilarimizning yig'ini CHirchiq shahrida bo'lib o'tmoqda. 

Kecha O'zbekiston sambo associaciyasi raisi yig'inda ishtirok etayotgan sambochilarimiz bilan uchrashish uchun CHirchiq shahriga bordi. Associaciya rahbari u erda sportchilarimiz bilan uchrashib, terma jamoa azolarining kayfiyati bilan qiziqdi. Yig'in davomida yuzaga kelayotgan kamchilik va muammolarni o'rgandi. 

"Ushbu yig'in jahon chempionati oldidan muhim ahamiyatga ega. Yaxshi bilasiz, O'zbekiston samboda jahon miqyosida o'z obro'siga ega. O'tgan yili Toshkentda o'tkazilgan jahon chempionatida biz umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni olgandik. Bu safar ham kamida ushbu natijani takrorlashni maqsad qilganmiz. SHu sababli ham masuliyatni his qilgan holda jahon birinchiligiga munosib tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. Bu borada sambochilarimizga omad va muvaffaqiyatlar tilayman", - dedi Alisher Alimov mazkur yig'in haqida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing