31 mar 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Aljameyn Sterling nega uning kurash uslublari Pyotr Yanga o'tmagani haqida gapirdi
Amaldagi UFC chempioni Aljameyn Sterling uning kurash uslublari nima sababdan Pyotr Yanga o'tmagani haqida g'alati tushuntirish berdi.
"Men Pyotr Yanni chetlatish kerak deb hisoblayman. Yoki mening bir yillik faoliyatimni o'g'irlagani uchun menga jarima to'lasin. Uning bu zarbasi ataylab berilgan edi. U menga qarshi hech narsa qila olmaganidan so'ng shu yo'lni qo'lladi. Men bir necha marta toyib ketganim uchun, meni mag'lub bo'layotgandi deyishingiz mumkin. Menga buni qizig'i yo'q. Oktagon poli juda silliq bo'lgani uchun men uni bir marta ham teykdaunda ololganim yo'q. Boshqa jangchilar ham qanchalik sirpanishganini ko'rdingiz. Balki bu virusdan himoya maqsadida tozalovchi moddalar sepilgani bilan bog'liqdir. Siz bunday oktagonda tayanch nuqtasini topa olmaysiz va shunchaki sirpanib ketasiz", -dedi Aljameyn Sterling.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar