19 may 10:31
Yangiliklar
Tennis

Alkaraz Jokovich, Nadal va Federerning natijasini takrorladi
Xabaringiz bor, ispaniyalik tennischi Karlos Alkaraz Rim "Masters" turniri chempioni bo'ldi.
Dunyoning uchinchi raketkasi hisoblangan Karlos Rim turniri finaliga etib kelish orqali o'ziga xos natija qayd etdi. U 1990 yildan keyin o'zi qatnashgan barcha "Masters" turnirlarining 25 foiz miqdorida finalga etib kelgan to'rtinchi tennischiga aylandi. Yani, Alkaraz o'zi qatnashgan "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirlarning har to'rttadan birida finalda o'ynagan.
Ayni paytda Alkarazning natijasi 26,7%. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha rekord Novak Jokovichga tegishli. "Katta Dubulg'a" turnirlarining 24 karra g'olibining ko'rsatkichi 44,4%. Ikkinchi o'rin ispaniyalik Rafael Nadalga tegishli - 40,8%. Kuchli uchlikka shveycariyalik afsona Rojer Federer 36,2% foiz aniqlik bilan yakun yasagan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar