09 fev 13:05
Yangiliklar
Tennis
Allaqachon faoliyatini tugatgan Istominning qaytishi ham Nigeriya bilan o'yinda yordam bermadi
Kecha Nigeriyaning Lagos orolida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jamoaviy "Devis Kubogi" musobaqasi doirasida Nigeriya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yinlar seriyasi yakunlandi.
Bahsda Nigeriya terma jamoasi 3:1 hisobida zafar quchdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Kechagi bellashuvlar doirasida Maykl Emmanuel va Abua Kanise juftligi Humoyun Sultonov hamda jamoamiz sardori, faoliyatini yakunlab ulgurgan Denis Istomin juftligini 7/6, 6/4 hisobida engdi. Bu holatda o'yindagi hisob 2:1 ko'rinishida edi.
SHundan so'ng, yosh tennischimiz Ilya Ignatov Daniel Adeleye bilan to'qnash keldi. Bu bahsda afrikalik raketka ustasi 6/3, 6/4 hisobida o'z g'alabasini nishonladi. Bu orqali Nigeriya "Devis kubogi"ning keyingi bosqichi masalasini hal qildi.
Malumot o'rnida, Nigeriya terma jamoasining birorta tennischisi dunyo reytingiga kirmagan edi.






Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar