28 dek 18:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares: "2020 yilda Meyvezer bilan jang qilishni judayam istardim"
O'rta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares 2020 yilda Floyd Meyvezerga qarshi jang qilish istagi borligini aytib o'tdi.
"Meyvezer bilan jang qilishni judayam istardim. Birinchi jangimiz bilan taqqoslasak, hozir umuman boshqa davr. Men upayt juda yosh edim, hozir tajriba jihatdan umuman boshqa bokschiman. Agar biz hozir uchrashsak, tomoshabinlar boshqa jang ko'radilar. Ammo biz u bilan yana jang qilamiz deb o'ylamayman", - dedi Alvares.
Qayd etish lozimki, Floyd Meyvezer 2013 yilda Saul Alvares bilan jang qilgan. O'shanda Floyd hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : TMZ
Fikrlar