26 may 12:54
Yangiliklar
Alvares "Barselona"ga o'tish uchun "Atletiko" bilan shartnomani uzaytirishni rad etdi - Marca
Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.
Manba bergan malumotga ko'ra, kataloniyaliklar uchun potencial transferning qiyinchiligi shundaki, "Atletiko" futbolchi uchun kamida 150 million evro talab qilmoqda. Sababi, uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan va unda tovon puli 500 million evro etib belgilangan. Argentinalik futbolchining o'zi esa o'zi uchun "yanada istiqbolli loyiha"ga o'tishni istamoqda.
Avvalroq, futbolchiga PSJ, "Arsenal" va "Barselona" klublari jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Joriy mavsumda Alvares 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 26 yoshli argentinalikni 90 -million evroga baholamoqda.
Fikrlar