11 apr 09:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares bitta shart bilan Golovkinga qarshi ringga chiqadi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBC va WBA chempioni Saul Alvares bu yilgi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Meksikalik bokschi rejalari haqida gapirar ekan, qozog'istonlik sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin bilan uchinchi jang o'tkazilish masalasiga ham to'xtalib o'tdi.
“Bu yilgi asosiy maqsadim - mutloq jahon chempioni bo'lish! Govolkin bilan jang? Faqat bitta shart bilan! Agar Golovkin qaysidir kamarga ega chiqsa, u bilan jang qilaman. Gennadiy bilan muxlislar uchun ikki ajoyib jang o'tkazib berganmiz. Balki, uchinchi ham bo'lib qolar”, - dedi Saul “Kanelo”.
Havola :
Fikrlar