15 dek 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares: "Golovkin erkak bo'lib mag'lubiyatni tan olishi kerak"
Xabaringiz bor, sentyabr oyida meksikalik bokschi Saul Alvares qozog'istonlik charm qo'lqop ustasi Gennadiy Golovkinni mag'lubiyatga uchratgandi.
Ammo, Golovkin ushbu jangda hakamlar qarori noto'g'ri bo'lgani haqida gapirgandi. Alvares esa bunga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"U gapiraveradi. Ammo, jangdan so'ng barchasi aniq bo'lib ulgurga. Xattoki, uning murabbiyi ham mag'lubiyatni tan oldi. To'g'ri, bu oson emas. Ammo, Golovkin erkak bo'lib, mag'lubiyatni tan olishi lozim.
Unga qarshi ikkita jang o'tkazdim. Nima uchun uchinchisi bo'lmasligi kerak? Ammo, ayni paytda bor etiborimni Filding bilan bahsga qaratganman", - dedi "Kanelo".
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar