13 jan 14:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares - Golovkin. Uchinchi jang yuzasidan muzokara boshlandi
Professional boksning o'rta vazn toifasi qirollari meksikalik Saul “Kanelo” Alvares hamda qozog'istonlik sobiq jahon chempioni Gennadiy Glovkin o'rtasida uchinchi jang o'tkazilishga yaqin.
Bu haqda Golden Boy promouterlik kompaniyasi rahbari Oskar de la Xoyya xabar berdi. Funkcioner triologiya bo'yicha muzokara boshlanganini xabar berdi.
“Biz ilk muzokarani boshladik. Rejaga ko'ra, jang 4 may - “Sinko del Mayo” bayrami nishonlanadigan kunda o'tkaziladi. Bu butun dunyo bokschidagi eng katta uik-end. Alvares uchinchi jangga tayyor ekanligini malum qilgan. Jang manzili sifatida Las-Vegasni ko'zlab turibmiz”, - deya Xoyyaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN.
Eslatib o'tamiz, bu ikki mashhur bokschining ilk jangida durang natija qayd etilgandi. Revansh jangida Alvares Golovkinni mag'lub etib, o'rta vazn toifasi chempioniga aylangan edi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar