24 apr 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares Lomachenkoga yuqori baho berdi
O'rta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares engil vazn qiroli Vasiliy Lomachenkoning imkoniyatlariga baho berdi.
“Lomachenko juda qobiliyatli bokschi. Uning harakatlari ajoyib, u har doim o'z uslubini o'zgartirib turadi. Buning natijasida raqiblari doim unga qarshi jangda qiynaladi. Loma hurmat qilishga arziydigan inson. Men uni qattiq hurmat qilaman”,-dedi Saul Alvares.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares 2 may kuni ringga ko'tarilishi lozim edi, ammo koronavirus sababli uning jangi bekor bo'ldi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar