08 apr 13:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares va Jeykobs tarozidan muvaffaqiyatli o'tishdi FOTO
Xabaringiz bor, 4 may kuni AQSHda professional boksning o'rta vazn toifasida superjang o'tkaziladi.
Birlashtiruvchi chempionlik maqomidagi bo'lajak jangda WBC va WBA yo'nalishlari chempioni meksikalik Saul "Kanelo" Alvares IBF kamari sohibi amerikalik Deniel Jeykobsga qarshi ringga ko'tariladi.
Bokschilar WBC qoidalariga ko'ra, jangga roppa-rosa 30 kun qolgan bir paytda ilk tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Qoida bo'yicha bokschilarning vazni belgilangan meyordan 10 foizga oshmasligi kerak. Alvares 168,2 funt (76,3 kg), Jeykobs esa 175,4 funt (79,6 kg) tosh bosdi.
Havola :
Fikrlar