05 may 05:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares vs Jeykobs. Deniel jang kuni tarozidan o'ta olmadi
Birozdan so'ng AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazilayotgan professional boks oqshomining markaziy jangi boshlanadi.
Unda o'rta vazn toifasida IBF chempioni amerikalik Deniel Jeykobs WBC va WBA yo'nalishlari chempioni meksikalik Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi ringga ko'tariladi.
Etiborlisi, jang kuni Jeykobs tarozida belgilangan vazn (77,1 kg) meyorini bajara olmadi. Denielning jangga bir necha soat qolgan bir paytdagi vazni 78,7 kg chiqqan.
Mavjud qoidalarga muvofiq jang har qanday holatda ham o'tkaziladi. Faqat Jeykobs raqibiga 1 million dollar miqdorida jarima summasini to'lab beradi. Alvaresning o'zi 76,7 kg tosh bosgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar