19 dek 12:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares yarim og'ir vazndagi WBO kamaridan voz kechdi
Meksikalik mashhur bokschi Saul Alvares yarim og'ir vazn toifasidagi WBO chempionlik kamarini vakant, yani egasiz qoldirdi.
Saul "Kanelo" Butunjahon boks tashkiloti chempionlik kamarini endilikda sobiq jahon chempioni, rossiyalik Sergey Kovalyovni mag'lub etgach qo'lga kiritgan edi. Ayni paytda Saul o'rta vaznda WBA, WBC va IBF yo'nalishlari chempioni bo'lib turibdi.
"Men WBO bilan yaxshi munosabatdaman. Lekin yangi qadam tashlash uchun shunday qarorga kelishga ham to'g'ri keladi. Endi boshqa vaznlarning kuchli bokschilari bilan jang qilish istagidaman", - deya Alvaresning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BoxingScene.
Havola :
Fikrlar