16 mar 13:16
Yangiliklar

Amaldagi BNP Paribas Open chempioni vakolatini topshirdi
Dunyoning uchinchi raketkasi, musobaqaning amaldagi chempioni Karlos Alkaraz kutilmaganda 1/2 finalda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Ispaniyalik tennischi ATP reytingida 26-pog'onada borayotgan britaniyalik Jek Dreyperga 1/6, 6/0, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Karlos oldinda bormoqda - 3:2. Bir yuz besh daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 3, Dreyper 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 4 tadan breyk-poyntdan foydalagan. Karlos Alkaraz qatorasiga ikki yil Indian-Uells turniri chempioni bo'lgandi. Uning ushbu turnirdagi g'alabali seriyasi 16 ta uchrashuvni tashkil etib turgan edi.
Dreyper faoliyatida ilk bor "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir finaliga chiqdi. U BNP Paribas Open bosh sovrini uchun daniyalik Xolger Runega qarshi kortga chiqadi. Finalda qanday natija qayd etilishidan qati nazar Dreyper ertaga elon qilinadigan yangilangan reytingda Top-10`da debyut qiladi. G'alaba qozongan taqdirda 7, yutqazsa 8-raketkaga aylanadi.
Fikrlar