11 noy 20:43
Yangiliklar
Tennis
Amaldagi chempionsiz o'tadigan ATP Yakuniy turniriga qura tashlandi
13-20 noyabr kunlari Italiyaning Turin shahrida tennis bo'yicha yilning Yakuniy ATP turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqa tashkilotchilari dunyoning kuchli sakkiz tennischisi ishtirokida o'tadigan turnirga qura tashlashdi.
"Yashil guruh"dan ispaniyalik Rafael Nadal (1), norvegiyalik Kasper Ruud (3), kanadalik Feliks Oje (5) va AQSH vakili Teylor Fritc (8) joy oldi.
"Qizil guruh"dan esa greciyalik Stefanos Cicipas (2), rossiyaliklar Daniil Medvedev (4) va Andrey Rublyov (6) hamda serbiyalik Novak Jokovich (7) o'rin egalladi.
Malumot uchun, ATP Yakuniy turniri 13-20 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqaning amaldagi g'olibi germaniyalik Aleksandr Zverev turnirda ishtirok etmaydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar