So’nggi yangiliklar

13:46XX Осиё ўйинларида иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 13:15Расман! Наманганда ўтказиладиган Octagon 92 турнирининг марказий жанги эълон қилинди (ВИДЕО) 0 12:44Одилхон Бухорода бўлиб ўтган ATFС 33 турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 12:13Мануэль Нойер Германия футболчилари орасида рекорд ўрнатди 0 11:42Теренс Кроуфорд рингга қайтяптими? 0 11:11US Open 2026. Аёллар ўртасидаги турнирда финалчилар аниқланди 0 10:40Ислам Махачев: "UFC`дан қўнғироқ кутяпман" 0 10:09ЕЧЛ. "Шахтёр" ПСВ билан, "Фенербахче" эса "Рома" билан дуранг ўйнади + ВИДЕО 0 09:38Super Rizin 5 натижалари: Шайдуллаев Rizin ва PFL чемпионлик камарларини бирлаштирди 0 09:07Синдаров Непомняшийни мағлуб этди, Бибисарада ҳам ғалаба. Жамоа пешқадам! Бугун Жавоҳир - Магнус тўқнашуви бор! 0 08:36Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнири бошланади. Биринчи кун уч дзюдочимиз татамига чиқади 0 08:05ЕЧЛ. "Манчестер Юнайтед" "Сабаҳ"ни тор-мор этди, Раҳмоналиев "Олд Траффорд"да ўйнади 0 07:34Юнон-рум курашчиларимиз Осиё ўйинларида оптимал таркибда қатнашишади 0 07:03UFC Қирғизистонда турнир ўтказишга қизиқяптими? 0 21:00Эркин курашчиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби маълум! Рўйхатда Разамбек борми? 0

04 okt 10:33
Yangiliklar

Bolalar sporti

Amaliy sport turlariga qiziqish ortmoqda

Amaliy sport turlariga qiziqish ortmoqda O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti shafeligida o'tkazilgan texnik va amaliy sport turlari bo'yicha musobaqalar natijasi bo'yicha shunday xulosaga kelish mumkin.

Bellashuvlarning ikkinchi kuni motokross poygalari, shuningdek, to'pponcha va pnevmatik miltiqdan o'q otish, kord aviamodellari bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.

125 kub santimetrgacha bo'lgan motocikllar toifasida 18 yoshdan kichik o'smirlar o'rtasida buxorolik Baxtiyor Ahmedov birinchi, navoiylik Doston Xushvaqtov ikkinchi, andijonlik Ibrohim Adhamov uchinchi o'rinlarni egalladi. SHu toifaning 18 yoshdan katta ishtirokchilari o'rtasida kuchli uchlikdan Denis Percev, SHavkat Sulaymonov (har ikkalasi Toshkent viloyatidan), Sergey Baranukov (Navoiy viloyati) joy oldi. 

500 kub santimetrgacha bo'lgan motocikllar toifasida Andrey Sazonov (Toshkent viloyati) g'olib bo'ldi, buxorolik Behzod Halimboev marraga ikkinchi bo'lib etib keldi, bronza medalni poytaxtlik Sergey Davlatyorov qo'lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida Toshkent viloyati sportchilari birinchi, Navoiy viloyati ikkinchi va Buxoro viloyati sportchilari uchinchi o'rinni egalladi.

Qizlar o'rtasida to'pponchadan o'q otish musobaqasida mohir mergan, qashqadaryolik Komila Ravshanbekovaga teng keladigani topilmadi. Namanganlik Komila Ishoqova ikkinchi va Toshkent viloyati vakili Bonu Tillaberdieva uchinchi o'ringa sazovor bo'ldi.

O'smirlar o'rtasida to'pponchadan o'q otish bo'yicha bellashuvda samarqandlik Rifat Girfonov g'alabani qo'lga kiritdi. Toshkent viloyatidan Abdurahmon Anorboev ikkinchi, namanganlik Saidbek Karimov uchinchi o'rinni egalladi.

Qizlar o'rtasida pnevmatik miltiqdan o'q otish musobaqasida Zaynab Pardaboeva (Toshkent viloyati) birinchi, Natalya Slastena (Surxondaryo viloyati) ikkinchi, Olima Komilova (Xorazm viloyati) uchinchi o'ringa munosib topildi.

O'smirlar o'rtasida pnevmatik miltiqdan o'q otish bo'yicha andijonlik Vadim Karavanov zafar quchdi. Toshkent viloyatidan Suhrob Mirzajonov ikkinchi, namanganlik Abduhalil Abduvohidov uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Jamoaviy bahslarda Toshkent viloyati merganlariga omad kulib boqdi. Andijon va Namangan viloyatlari jamoalariga tegishlicha keyingi o'rinlar nasib etdi.

18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi model-nusxa toifasidagi kord aviamodellari musobaqalarida Muhriddin Qodirov, Damir Mutalapov va Alyor Yo'lbarsov kuchli uchlikdan joy oldi. 18 yoshdan kattalar o'rtasidagi bellashuvlarda esa g'oliblar uchligini Elbek Eshnazarov, Mahmud Olimxo'jaev va Abdumutal Yo'ldoshev tashkil etdi.

18 yoshgacha bo'lgan pilotaj modellar toifasida Azizullo Komiljonov (Toshkent) zafar quchdi, ikkinchi o'ringa Nodir Abdullaev (Farg'ona), uchinchi o'ringa Alsu Safina (Samarqand) munosib topildi. Xuddi shu toifaning kattalar o'rtasidagi bellashuvlarida Vadim Vasilev (Toshkent) birinchi, Laziza G'afforova (Farg'ona) ikkinchi va SHavkat Mirzabahromov (Andijon) uchinchi o'rinni egalladi.

Kord aviamodellari bo'yicha jamoaviy bahslarda Farg'ona viloyati jamoasi birinchi, Andijon viloyati jamoasi ikkinchi hamda Toshkent shahri jamoasi uchinchi o'ringa loyiq topildi.

Modellashtirish bo'yicha murabbiy Dmitriy Beloglazovning aytishicha, eng yuqori natijani Farg'ona viloyati sportchilari ko'rsatdi, Andijon viloyati sportchilari ham yaxshi natijalarni qo'lga kiritdi. Yakkalik bahslarida xonaki modellar bo'yicha kattalar razryadida chiqish qilgan va sovrinli o'ringa davogarlik qilgan poytaxtlik 15 yoshli Sevinch Sultonova murabbiylarda katta taassurot qoldirdi.

Ablay Kamolov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing