05 fev 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Amerikalik raqibini nokaut qilgan SHohjahon Ergashev dunyo reytingida yuqoriladi
WBA bokschilarning fevral oyi uchun reytingni elon qildi.
Yangilangan reytingda o'zbekistonlik bokschi SHohjahon Ergashev kuchli 15 nafar bokschi orasiga kirib olgan. Vakilimiz fevral holatiga ko'ra 12-o'rinda qayd etildi. Olamsport.com saytining xabar qilishicha, SHohjahon o'z janglarini o'tkazadigan -63,5 kg vazn toifasida bugungi kunda kubalik Ranses Bartelemi etakchi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon yanvar oyida amerikalik Soni Fredriksonga qarshi jang o'tkazib, uni uchinchi raundda nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar