30 jan 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Amir Xan 2 yillik tanaffusdan keyingi ilk jangini 21 aprel kuni o'tkazadi, raqib ham malum
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Amir Xan o'zining ikki yillik tanaffusdan keyingi ilk jangini o'tkazadi.
Britaniyalik bokschining raqibi kanadalik 33 yoshli Fil Lo Greko bo'ladi. Ushbu jang 21 aprel kuni bo'lib o'tadi. Yaqinda Amir Xan Eddi Xirnga tegishli Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. Kelishuvga binoan Xan shu yilning o'zida 3ta jang o'tkazishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Amir Xan so'nggi bor 2016 yilning may
oyida ringga chiqqan va o'sha paytda WBC chempioni bo'lgan Saul Alvaresga kuchli
nokaut evaziga imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar