31 avg 09:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Amir Xan: “Denni Garsiya bilan jang qilishga tayyorman”
Britaniyalik bokschi Amir Xan kelasi yilning may oyida yarim o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Denni Garsiyaga qarshi ringga ko'tarilishga tayyor ekanligini malum qildi.
“Keyingi jangim Buyuk Britaniyada o'tkazilishini istayman. Alvaresdan qabul qilingan mag'lubiyatdan keyin tiklanib olishim uchun vaqt kerak. SHunda kelasi yilning may oyida jangga tayyor bo'laman. Men Garsiya bilan jang qilish istagidaman. Qolaversa, aynan men Dennining kamariga rasmiy davogarman”, - dedi Xan.
Eslatib o'tamiz, Garsiya va Xan 2012 yilning iyulida o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda Denni to'rtinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : boxingScene.com
Fikrlar