29 iyu 08:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Amir Xan endi Bruk bilan jang qilmoqchi
Sobiq jahon chempioni Amir Xan hamyurti Kell Brukga qarshi ringga chiqishni rejalashtirmoqda.
"Brukga qarshi jang? Nima uchun yo'q? Men eng kuchli bokschilarga qarshi jang qilmoqchiman. Bruk shunday bokschilar sirasiga kiradi. Bir necha kun avval vakillarim Bruk jamoasi bilan muzokaralarni boshlashdi. Men bu jangga roziman. Biz ikkimiz britaniyalikmiz, shu sababli, bizning jang juda ham qiziqarli bo'lishi aniq", - dedi Xan.
Eslatib o'tamiz, Amir Xan navbatdagi jangini 12 iyul kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar