17 apr 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Amir Xan Krouford haqida nima dedi?
Birinchi o'rta vaznda sobiq jahon chempioni Amir Xan o'rta vazn WBO yo'nalishi chempioni Terens Krouford bilan bo'ladigan jang oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bu jang menga buyuk bokschi ekanimni isbotlash uchun katta imkoniyat. Aynan shunday jang uchun men bir necha yildan beri harakat qilyapman. Kroufordning kuchli bokschi ekanligini bilaman, lekin shu bilan bir qatorda uni mag'lub eta olishimga ham ishonaman.
Hamisha kuchli bokschilarga ringga chiqishni xohlaganman. Men qiyinchilikdan qochmayman. Bu menga zavq beradi”, - dedi Xan.
Eslatib o'tamiz, Xan - Krouford jangi 20 aprel kuni AQSHning Nyu-York shahida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar