24 mar 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Amir Xan pul sabab otasi va qarindoshlari bilan aloqani uzdi
Britaniyalik professional bokschi, sobiq jahon chempioni Amir Xan pul sabab otasi va qarindoshlari bilan munosabatlarini uzdi.
Bir necha oy avval bokschining qarindoshlari, xususan otasi Amir Xan jamoasini tark etishgandi. O'shanda Xan Saul Alvaresga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
“Meni tashlab ketishgani yaxshi bo'lmadi. Ular men orqali pul ishlab olishni maqsad qilishgandi. Mendan katta gonorar evaziga jang o'tkazishni talab qilishdi. Endi o'zimga o'zim xo'jayinman.
Eski jamoam Xanning davri tugadi deb hisoblamoqda. Men bu noto'g'ri fikr ekanligini isbotlayman”, - dedi Amir Xan Mirror nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar