21 iyu 17:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Amir Xan qo'lqoplarini mixga ilish oldidan Pakyao bilan jang qilmoqchi
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Amir Xan faoliyatini yakunlashdan oldin afsonaviy Menni Pakyaoga qarshi jang o'tkazish ayni paytdagi oliy orzusi ekanini aytdi.
Asli kelib chiqishi pokistonlik, lekin Buyuk Britaniya sharafini himoya qiluvchi Amir Xan 12 iyul kuni hindistonlik bokschi Neraja Goyatga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu o'ziga xos Pokiston - Hindiston to'qnashuvi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadi.
"Menni Pakyao bilan jangim hamisha muhokamada bo'lib kelgan. Biz istasak, bu jangni tashkil qilishimiz mumkin. Faoliyatimdagi so'nggi jangim Pakyaoga qarshi kechsa, bundan xursand bo'lardim", - dedi Xan.
Havola :
Fikrlar