27 iyu 18:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Amir Xan Saudiyada Pakyaoga qarshi jang qilmoqchi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Amir Xan Menni Pakyaoga qarshi jang qilish istagida.
Ungacha Amir Xan 12 iyul kuni Niradji Goyyatga qarshi ringga ko'tarilishi lozim edi. Biroq, Goyyat avtofalokatga uchradi va endi Pakyao boshqa bokschi bilan jang qiladi.
"SHu yilning oxiri, kelasi yilning boshi. Men chempionlik uchun nomdor bokschilardan biriga qarshi ringga chiqmoqchiman. Katta ehtimol bilan jang Saudiya Arabistonida bo'ladi. Menni Pakyaoga qarshi jang. Umid qilamanki, jangimdan bir hafta o'tib Menni Kit Turmanni mag'lub etadi. Keyin ko'ramiz nima bo'lishini.
Bizning jangimiz Yaqin SHarqda boks rivojiga xizmat qiladi. Bu erda boshqa yirik janglarni ham tashkil qilish mumkin. Men bu borada birinchilardan bo'lmoqchiman", - dedi Xan.
Havola :
Manba : World Boxing News
Fikrlar