04 dek 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Amir Xanga jang uchun 5 million dollar taklif qilishdi
Bob Arum britaniyalik bokschi Amir Xanga Terens Krouford bilan chempionlik jangi uchun 5 million dollar miqdoridagi kafolatlangan gonorarni taklif qildi.
Jang 2019 yilning 23 martiga mo'ljallanmoqda. Bahs Nyu-Yorkda, "Madison Square Garden"da tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda.
Qayd etish lozimki, ayni paytda Krouford o'sha kuni Luis Kollazo bilan jang o'tkazishi belgilab qo'yilgan.
Eslatib o'tamiz, Amir Xan shu yil aprelda ikki yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytgan va Fil Lo Grekorni mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar