27 iyu 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Amir Xanning Saudiyadagi jang uchun raqibi o'zgardi
Amir Xan Saudiya Arabistonida boshqa bokschiga qarshi jang qiladi.
Avvalroq, bokschining 12 iyul kungi raqibi Niradji Goyata avtofalokatga uchragani haqida xabar qilingandi. Endilikda o'sha kungi jangda Amir Xanga avstraliyalik Billi Dib raqiblik qiladi.
Ayni paytda 33 yoshli Dibning hisobida 45 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor. U so'nggi jangini 2018 yilda o'tkazgan va hakamlar qaroriga ko'ra Tevin Farmerga yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar