08 mar 21:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Amman. Maftuna Melieva hindistonlik raqibasiga qarshi jang qildi
Amman shahrida boks bo'yicha licenzion musobaqa davom etmoqda.
Hamyurtimiz Maftuna Melieva (-69 kg) licenzion musobaqaning chorak finalida hindistonlik kuchli raqib Lovlina Borgoainga qarshi jang qildi va afsuski terma jamoamiz vakilasi imkoniyatini boy berib qo'ydi.
Endi hamyurtimiz Parijda tashkil etiladigan musobaqada Tokio olimpiadasiga licenziya olishga harakat qilib ko'radi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Bobousmon Baturov va Sanjar Tursunov Tokio Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar