02 dek 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Ana bo'lmasam. Meyvezer pandani o'ziga o'g'il qilib oldi
Amerikalik afsonaviy bokschi, engilmas Floyd Meyvezerning farzandlari 4 nafarga etdi.
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, faoliyati davomida 50ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alabaga erishgan Meyvezer o'zining Xitoyga tashrifi chog'ida gigant panda ayig'ini o'g'il qilib oldi.
Floyd Meyvezer buning uchun 15 000 AQSH dollari to'ladi.
Lekin bokschi jonivorni o'zi bilan birga Amerikaga olib keta olmaydi. U bergan
pullar panda bemalol bir yil boqishga etadi.
Meyvezer xatto pandaga o'z ismini ham berdi. 2016 yilning iyul oyida dunyoga kelgan panda endi Maodu emas, balki Floyd Meyvezer nomi bilan ataladi. 40 yoshli boks yulduzi o'zining yangi o'g'li bilan selfi qilishga ham ulgurdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar