11 noy 08:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Ana xolos! Mayk Taysonni CHiliga kiritishmadi
CHili hukumati superog'ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni, boks afsonasi Mayk Taysonni mamlakat hududiga kiritmadi.
Tayson ortiga - AQSHga deport qilingan, deb xabar bermoqda The Washington Post nashri. Bunga bokschining muqaddam bir necha bor sudlangani sabab bo'lgan. O'tgan asrning 90-yillarida Mayk nomusga tegish ayblovi bilan 3 yilni panjara ortida o'tkazgan edi.
Bundan tashqari, u 2007 yilda narkotik moddalarni
saqlash hamda mast holatda mashinani boshqargani uchun 3 yilga shartli ravishda qamoq
jazosiga mahkum etilgandi. Tayson CHili telekanallarining biri tomonidan suratga
olinadigan reklamada ishtirok etishi kerak edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar