So’nggi yangiliklar

21:44"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муҳим ғалабани қўлга киритди 0 21:09Расман: Ильгиз Танташев Жаҳон чемпионатида ишлайди! 0 19:05"Махачевнинг ижтимоий тармоғини юритадиган одам ёлғон гапиришни бас қилиши керак" - менежер 0 18:39Касадо "Барселона"дан кетиш ниятида 0 18:18"Махачевдан кейин мен бу спортни назоратга оламан" - Царукян 0 17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0

09 apr 12:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Anapadagi musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi

Teglar :  Boks
Xabar berib o'tganimizdek, bir necha kun oldin yosh bokschilarimiz Rossiya Federaciyasining Anapa shahrida bo'lib o'tgan musobaqada ishtirok etib, beshta medalga sazovor bo'lgandilar.

2001-2002 yilda tug'ilgan bokschilar o'rtasida Xalqaro toifadagi sport ustasi Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag'ishlangan turnirda Rossiya, Kuba, Qozog'iston, Armaniston, SHveycariya, Hindiston, Filippin, Qirg'iziston, Gruziya, Ukraina, Belarus va O'zbekiston mamlakatlaridan 113 nafar bokschi ishtirok etgan va unda besh nafar hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan joy olgandi.

Ushbu musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.

Eslatib o'tamiz, turnir yakunlariga ko'ra SHahzod Muzaffarov (-49 kg) va Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (-64 kg) oltin, Xurshidbek Rasuljonov (-56 kg), Nurislom Ismoilov (-69 kg) va Suhrobjon Kayimov (-75 kg) bronza medalini qo'lga kiritishgandi. Vakillarimiz umumjamoa hisobida mezbon Rossiya terma jamoasidan so'ng ikkinchi o'rinni egallagandilar.

Endi bokschilarimiz bir necha kun dam olishadi va yana mashg'ulotlarni boshlashadi. Ularni oldinda bir qator musobaqalar, jumladan shu yil noyabr oyida o'tkaziladigan Osiyo chempionati kutib turibdi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing