12 fev 16:18
Yangiliklar
Futbol
Anchelotti: "Haydashmasa ketmayman"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan keyin murabbiy ushbu mavsumdan keyin faoliyatini yakunlashi borasidagi gaplar rost emasligini aytdi.
"Haydashmagunicha ketmayman", - dedi Anchelotti.
63 yoshli mutaxassisning "Real" bilan kelishuvi 2024 yil yakuniga qadar davom etadi. Oldinroq mutaxassisga Braziliya termasi tomonidan taklif borligi aytilgandi.
"Real" ayni damda LaLiga turnir jadvalida peshqadam "Barselona"dan 8 ochkoga ortda qolgan holda 2-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar