16 dek 17:38
Yangiliklar
Futbol
Anchelotti Luninni "Real"ning asosiy darvozaboni qilishga qaror qildi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti darvozabon Andrey Luninni jamoaning asosiy darvozaboni etib tayinlamoqchi.
Bu haqda AS xabar tarqatdi.
Mutaxassisning fikricha, 24 yoshli ukrainalik futbolchi "Real"ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua jarohatidan so'ng "CHelsi"dan ijaraga olingan ispaniyalik Kepa Arrisabalagadan yaxshiroq o'ynamoqda.
Qayd etilishicha, Luninning seyvlar bo'yicha ko'rsatkichi Arrisabalaganikidan yaxshiroq – 86 ga 77.
Ispaniya chempionati doirasidagi "Betis"ga qarshi o'yin (1:1) Anchelottining unga bo'lgan ishonchini oshirdi.
Lunin joriy mavsum "Real" tarkibida 8 ta o'yinda qatnashdi va shulardan 4 tasida darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. 29 yoshli Arrisabalaga hisobida esa 14 ta o'yin va 6 ta o'tkazib yuborilgan gol bor.
Havola :
Manba : AS
Fikrlar