21 apr 10:46
Yangiliklar

Andijonda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi
Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida o'tgan mazkur mamlakat chempionatida o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va belbog'li kurash yo'nalishlarida 13 ta vazn toifasida, qizlar esa 8 ta vaznda kuch sinashishdi.
Uch kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda Ilyosbek Hamidboev (Namangan), Behruzbek Murotov (Andijon), Sanjarbek Hoshimjonov (Farg'ona), Nuraziz Ilhomiddinov (Navoiy), Diyorbek Abduxalilov (Toshkent v.), Munisa Temirova (Namangan), Gulsevar Nurqobilova (Jizzax), Aysiluv Qidirbaeva (Qoraqalpog'iston) singari sportchilar o'z vazn toifalarida birinchi o'rinni band etishdi.
G'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. Ushbu chempionatda kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar may oyida Nukusda o'tkazilishi rejalashitirilgan Osiyo va jahon chempionatida ishtirok etish yo'llanmasiga ega bo'lishdi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar