So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

11 okt 17:00
Yangiliklar

Qilichbozlik

Andijonda "Oltin vodiy" turniri yakunlandi

Teglar :  Qilichbozlik
25-30 sentyabr kunlari Andijonda kattalar o'rtasida turnir tashkil qilindi. Ushbu turnirda nafaqat sportchilar, balki murabbiy va bazi hakamlar ham ishtirok etdilar.

Turnirda eng yosh sportchi 9 yosh, eng kattasi esa 36 yoshni tashkil qildi.

Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Farg'ona, Namangan, Andijon, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan tashrif buyurgan sportchilar qatnashdilar. SHuningdek, qo'shni Qozog'istondan ham vakillar turnirda ishtirok etdilar.

Turnirda umumiy hisobda 247 nafar sportchi qatnashdi. Ular Andijon shahrida joylashgan qilichbozlik majmuasiga qarashli mexmonxonada bepul istiqomat qildilar.

SHpagachilar o'rtasidagi bahslarda ikkala oltin medal ham navoiylik sportchilar tomonidan qo'lga kiritildi. Igor Knyazev va Malika Hakimovalar barcha raqiblaridan ustun keldilar. Jamoaviy bahslarda esa erkaklar o'rtasida Andijon, qizlar o'rtasida esa Toshkent jamoalari g'olib deb topildi.

Rapira bahslarida esa Toshkent shahri jamoasi vakili Qurbon Qanoatov erkaklar o'rtasida, ayollar o'rtasida esa Umida Ilyosova tengsiz deb topildi. Taqdirlash marosimiga Andijon shahri hokimi tashrif buyurdi va g'oliblarga o'z sovg'alarini taqdim etdi: 1-o'rinni qo'lga kiritgan sportchilar Artel televizori, 2-o'rin sohiblari esa Artel elektropechlari, 3-o'rinni qo'lga kiritgan qilichbozlarga esa multivarkalar taqdim etildi. Jamoaviy bahslarda esa Toshkent shahri vakillari g'oliblikni qo'lga kiritdilar.

Sablya bahslarida esa erkaklar o'rtasida Alimov Samandar tengsiz deb topildi. Qizlar o'rtasida Qoraqalpog'iston vakilari Aysulu Usnatidinova g'alaba qozondi. Jamoaviy bahslarda ham Toshkent jamoalari g'alaba qozondi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing