So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

19 mar 10:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Andijonda O'zbekiston boks federaciyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi FOTO

Yaxshi bilasiz, Andijon boks maktabi nafaqat yurtimizda, balki jahon miqyosida o'ziga xos nufuzga ega.

Ushbu viloyat boks maktabi o'zbek sportiga Olimpiya chempionlari, Jahon va Osiyo chempionati g'oliblarini taqdim etgan. 

18 mart kuni O'zbekiston boks federaciyasining sayyor yig'ilishi ham aynan Andijon shahrida tashkil etildi. Federaciya tarixida ilk marotaba o'tkazilgan bunday yig'ilishda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, Andijon viloyati hokimining birinchi o'rinbosari Abdujabbor Egamberdiev, O'zbekiston boks federaciyasining Andijon, Farg'ona va Namangan viloyati bo'limlari mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 


Yig'ilish kun tartibida ko'plab masalalar ko'rib chiqildi. 

Tadbirda viloyat hokimi o'rinbosari Abdujabbor Egamberdiev so'zga chiqar ekan, so'nggi yillarda viloyatda boks yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar, qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida gapirdi. Oldinda turgan Tokio 2020 Olimpiadasida ham muvaffaqiyatli ishtirokni davom ettirib, viloyat hokimligi bokschilar uchun etarli sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanligini aytib o'tdi. 


SHundan so'ng so'zga Andijon viloyati boks federaciyasi raisi o'rinbosari Konstantin Kostin so'zga chiqdi va erishilgan yutuqlar bilan to'xtab qolmasdan, bundanda yirik g'alabalarni qo'lga kiritish lozimligi haqida gapirdi. 

Keyin esa O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov ham Andijon boks maktabi haqidagi iliq fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Ushbu yig'ilishda ishtirok etish menga g'urur bag'ishlaydi. Andijon Olimpiya chempionlari, jahon va Osiyo chempionati g'oliblarini tarbiyalab bergan maskandir. Rio Olimpiadasi o'zbek bokschilarining qanday salohiyatga ega ekanligini ko'rsatib berdi. Maqsadlarimiz ulkan. Biz endi erishilgan natijalar darajasini pastga tushirmasligimiz kerak bo'ladi. Ishonamanki, charm qo'lqop ustalarimiz xalqaro arenalarda yurtimiz dovrug'ini yanada ko'klarga ko'taradilar", - dedi Saken Polatov. 


SHundan so'ng, kun tartibidan o'rin olgan asosiy masalalardan biriga o'tildi. Unga ko'ra, O'zbekiston boks federaciyasining Andijon viloyati bo'limiga yangi rahbar saylab olish lozim edi. Yig'ilganlarga ushbu lavozim uchun Ayubjonov Zaynobiddin Mirzaolimovich nomzodi taklif etildi. Delegatlar bir ovozdan ko'rsatilgan nomzodni qo'llab-quvvatlashdi. SHu tariqa, Z.Ayubjonov O'zbekiston boks federaciyasi Andijon viloyati bo'limi rahbari lavozimiga saylandi. Malumot uchun, Zaynobiddin Ayubjonov bir vaqtning o'zida Andijon mexanika zavodi direktori hisoblanadi.  


"Avvalambor Andijonga xush kelibsiz. Umuman olganda, men boksga begona emasman. O'z vaqtida sportning ushbu turi bilan shug'ullanganman. Andijon boks maktabini butun dunyoda bilishadi. Ayni paytda bizda ko'plab istedodli bokschilar bor, etarli zaxira mavjud. Kerak bo'lsa, har bir vazn toifasida besh nafar sportchi musobaqalarga tayyorgarlik olib bormoqda. Bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman", - dedi Zaynobiddin Ayubjonov. 

SHundan so'ng, Andijon viloyati bo'limi vakillari Mars Qo'chqorov va O'tkirbek Haydarov, Farg'ona viloyati bo'limi raisi o'rinbosari Axtamjon Rahmonov, Namangan viloyati bo'limi raisi o'rinbosari Mahmud Kamolov so'zga chiqib, o'z hududlarida amalga oshirilgan ishlar haqida malumot berishdi. O'z takliflarini, fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi. 

 

So'ngra O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov so'zga chiqdi va yig'ilish bo'yicha o'z hulosalarini malum qildi.

"Ilk bora o'tkazilayotgan mana shunday yig'ilishda ishtirok etayotganimdan mamnunman. O'zbekiston boks federaciyasida ish to'g'ri tashkil etilgan va bu ikki yil avval Rioda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida o'z samarasini bergan. Biroq bu tarixda qoldi. Endi biz erishilgan natijalar bilan to'xtab qolmas, olg'a intilishimiz lozim. Oldimizda qilinadigan ishlar ko'p. Boks federaciyasi rahbariyatiga Saken Djetibaevichdek insonning kelgani tashkilot uchun yutuqdir. Bundan tashqari, Andijon viloyati hokimi SHuhrat Qo'shoqboevich ham sportni sevadigan, jonkuyar inson. Bunday jamoa, ko'rilayotgan tayyorgarlik bilan yuqori marralarni zabt eta olamiz", - dedi Oybek Kasimov.



Tadbir yakunida mehmonlarga O'zbekiston boks federaciyasining esdalik sovg'alari taqdim etildi. 

 

SHuning bilan O'zbekiston boks federaciyasining Andijon shahrida o'tkazilgan sayyor yig'ilishi yakunlandi. 


O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing