03 dek 10:44
Yangiliklar
Kurash

Andijonda O'zbekiston ochiq chempionati o'tkazildi
Andijon shahrida kurash bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston ochiq chempionati o'tkazildi.
Musobaqada Andijon, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg'ona, Surxondaryo va qo'shni Qirg'iziston Respublikasidan kelgan jami 150 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi.
Ikki kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko'ra, Andijon viloyati yoshlari umumjamoada 1-o'rinni, Surxondaryo va Navoiy yoshlari keyingi o'rinlarni qo'lga kiritishdi.
CHempionatning g'olib va sovrindorlari Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston kurash federaciyasi va xomiylar tomonidan ajratilgan diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar