So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

20 fev 18:00
Yangiliklar

Qilichbozlik

Andijonda qad rostlagan qilichbozlik majmuasi qanday ko'rinishda?

Teglar :  Qilichbozlik
Mamlakatimizda ko'pgina sport turlari qatorida qilichbozlik sportiga, uni yanada rivojlantirish, yoshlar orasida ommaviylashtirishga alohida etibor qaratib kelinmoqda.

Buning uchun eng avvalo moddiy texnik bazani mustahkamlash, viloyatlarda selekciya ishlarini kuchaytirish, murabbiylar saviyasi va mahoratini oshirish O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi tomonidan ustivor vazifa sifatida belgilangan.

Dekabr oyida Andijonda qad rostlagan qilichbozlik markazidan suratlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Zero 2020-yili Tokioda bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarida qilichbozlik federaciyasi oldiga anchagina jiddiy vazifalar qo'yilgan.

Andijon shahridagi yangi qilichbozlik saroyi. Majmua o'z ichiga mashg'ulotlar zali, mehmonxona, trenajyor zallarini olgan bo'lib, bu erda yoshlar sportning ushbu turi bilan muntazam shug'ullanishlari uchun barcha sharoitlar muxayyo etilgan.


Mashg'ulotlar zalining maydoni 24X42 o'lchamda bo'lib unda sakkiztadan o'ntagacha qilichbozlar maxsus yo'lakchasini o'rnatish imkoniyati bor, shuningdek 50 kishilik mehmonxona o'quv-mashg'ulot yig'inlariga tashrif buyuradigan sportchilarni qabul qilishga tayyor.



Endi o'z o'zidan xaqli savol tug'iladi. Xo'sh, mazkur majmua nega aynan Andijonda bunyod etildi? Birinchidan shu paytga qadar qilichbozlar uchun xalqaro standartlarga javob bera oladigan o'quv mashg'ulotlar bazasi deyarli yo'q edi. Faqat poytaxtda qilichbozlar zali mavjud bo'lib, bu butun Respublika bo'yicha mahoratli sportchilarni tayyorlashga tabiiyki kamlik qilardi.



Ikkinchidan Andijon viloyati o'zbek sportiga bir qator istedodli qilichbozlar, jumladan London Olimpiadasi ishtirokchisi Ruslan Kudaev, Jamoaviy bahslar bo'yicha Osiyo chempionlari - Javohir Nurmatov, Abdulbosit Nasriddinov, Sanjar Sobirov, Osiyo chempionatining ikki karra kumush medal sohibi Saidbek Djeenbaevlarni tarbiyalab bergan.


Boz ustiga Andijon mamlakatimizdagi aholi eng zich joylashgan hududlardan hisoblanadi. Aynan shu jihatlar inobatga olinib qilichbozlik majmuasi shu erda bunyod etildi.

Yana bir yangilik. Hozirda poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zahiralari koleji hududida qilichbozlar uchun yana bir mashg'ulot zali tayyorlanmoqda. Umid qilamizki sportning ushbu turini yanada rivojlantirish yo'lida qilinayotgan sayi harakatlar yaqin kelajakda o'z mevasini beradi. Buning samarasi o'laroq mamlakatimizdan yangidan yangi istedodlar etishib chiqishadi va xalqaro maydonda, eng nufuzli musobaqalarda vatanimiz sharafini munosib himoya qilishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing