16 iyu 20:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Andijonliklar o'rtasidagi oqshomning ikkinchi jangi tugadi + FOTOGALEREYA
Poytaxtimizdagi Wyndham Tashkent (Sobiq Dedeman) mehmonxonasida professional boks kechasi bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina oqshom doirasidagi ikkinchi juftlik o'rtasidagi jang ham yakuniga etdi. To'rt raundga mo'ljallangan jang 66,7 kg vazn toifasida o'tkazildi.
Unda andijonlik bokschilar - Muhammadsalim Sotiboldiev (4-3-1-0) va Eldor Saidov (6-2-3-1) o'zaro to'qnash kelishdi. To'rt raundlik jang yakunida hakamlar bir xil 38:38, 38:38, 38:38 hisobidagi durang natijani qayd etishdi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar