23 jan 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Andrade kamarini Sondersdan himoya qiladi
Billi Jo Sonders o'rta vazn toifasida WBO chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylandi.
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) ushbu yo'nalish chempioni bo'lib turgan Demetrius Andradega keyingi jangini aynan Billi Jo Sondersga qarshi o'tkazishini majburiy qilib qo'ydi.
Endi Sonders va Andrade uzog'i bilan 21 fevralgacha o'zaro jang o'tkazish va uning shartlari bo'yicha kelishib olishlari shart. Aks holda promouterlar o'rtasida ochiq savdo elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, aslida Andrade va Sonders o'rtasidagi jang o'tgan yili o'tkazilishi kerak edi. Lekin o'shanda Sonders topshirgan doping-tahlil ijobiy chiqqan va WBO bokschini yarim yilga diskvalifikaciya qilgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar