21 noy 11:10
Yangiliklar
![](/upload/storage/5982_220.jpg)
Andre Uord: “Kovalyov istayotgan ekan, revansh jangi bo'ladi”
“Men hakamlarning yakuniy qarorini eshitgan paytim bundan hecham ajablanganim yo'q. Ha, men faoliyatimda ilk bor nokdaun holatiga tushib qoldim. Lekin bu mag'lubiyatim uchun etarli emasdi.
Men albatta, Kovalyovga revansh jangini taqdim etaman. Lekin hozir hech qanday muzokaralarga kirishmoqchi emasman. Uyga qaytib, oila azolarim davrasida xordiq chiqarganimdan so'ng bu mavzuga yana qaytamiz”, - dedi yangi chempion.
Eslatib o'tamiz, Andre Uord kecha AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilgan jangda Sergey Kovalyovni mag'lubiyatga uchratib, raqibiga tegishli 3ta chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. Hakamlarning uchchalasi ham bir xil 114-113 hisobida g'alabani Uordga taqdim etishgan edi.
Fikrlar