02 mar 11:36
Yangiliklar
Andrey Rublyov alamli tarzda diskvalifikaciya qilindi
Yarim finallarning birida kutilmagan holat kuzatildi. Rossiyalik Andrey Rublyov qozog'istonlik Aleksandr Bublikka qarshi kechgan uchrashuvning so'nggi uchinchi seti 11-geymida diskvalifikaciya qilindi. Bunga Rublyovning chiziq hakamni so'kkani sabab bo'lgan.
Andrey Aleksandrning zarbasi chiziqdan chiqib ketgani va aut bo'lganini aytib, hakam bilan bahslashgan. CHiziq hakami minoradagi bosh referiga vaziyatni aytib, arz qilgan. CHiziq hakami rus tilini bilgan, Rublyov esa uni aynan rus tilida so'kkan. Natijada rossiyalik tennischi yarim final uchrashuvidan chetlatilgan.
Bu paytga kelib hisob 6/7(4), 7/6(5), 6/5, Bublik foydasiga bo'lgan. Tennichsilar 2 soatu 31 daqiqa davomida kortda harakat qilishgan. Bublik tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida ortda qolmoqda - 3:4. Andrey 9, Aleksandr esa 21 ta eys zarbani amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 3 tadan breykka ega bo'lgan. Endi qozog'istonlik raketka ustasi Dubay turniri bosh sovrini uchun franciyalik Ugo Umberga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar