23 fev 12:03
Yangiliklar

Andrey Rublyov Qatar turnirida bosh sovringa ega chiqdi
Musobaqa bosh sovrini rossiyalik Andrey Rublyovga nasib etdi. Dunyoning 10-raketkasi hal qiluvchi final bahsida ATP reytingida 16-o'rinni egallab turgan britaniyalik Jek Dreyperni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 5/6, 6/1. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0.
Ikki soatu besh daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 8, Dreyper 12 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Rossiyalik faoliyatidagi 17-sovrinni qo'lga kiritdi. Dohadagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 500 reyting ochkosi va 516,165 AQSH dollari miqdorida mukofot puli taqdim etdi. Dreyper esa 330 ochko hamda 277,715 dollar ishlab oldi. Rublyov ertaga elon qilinadigan yangi reytingda 9-o'ringa ko'tariladi.
Fikrlar