18 dek 16:33
Yangiliklar
Futbol
Angliya Liga Kubogi 1/2 final uchrashuvlariga qura tashlandi
CHorshanba kuni kechqurun Liga Kubogi yarim final juftliklariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Amaldagi sovrin sohibi "Nyukasl" "Manchester Siti"ga to'g'ri keldi, "Arsenal" va "Kristal Pelas" o'rtasidagi chorak final qarama-qarshiligi g'olibi esa "CHelsi" bilan to'qnash keladi.
Ananaga ko'ra, har bir yarim final ikki o'yindan iborat bo'ladi. Ilk uchrashuvlar 2026 yil 12 yanvarda, javob bahslari esa 2026 yil 2 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Liga Kubogi finali 22 mart kuni "Uembli" stadionida o'tkaziladi.
Liga Kubogi 1/2 final qurasi:
"CHelsi" – "Arsenal"/"Kristal Pelas"
"Nyukasl" – "Manchester Siti"

Havola :
Fikrlar