06 jan 18:57
Yangiliklar

Angliya nashri O'zbekistonni “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya etirof etdi
Angliyaning thefight-site.com sport sayti o'z maqolasida havaskor boksda dunyoning eng yaxshi sportchilari va boshqa nominaciyalar bo'yicha kuchlilar nomini elon qildi.
Etiborlisi, boks bo'yicha turli yo'nalishlarning g'oliblari sifatida o'zbekistonlik bokschilar etirofga sazovor bo'lishdi.
Maqola muallifi Teylor Uxigginsning keltirishicha, “Yil bokschisi”, deya Osiyo va Jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov etirof etilgan bo'lsa, undan keyingi o'rinlarda kubalik Endi Kruz Gomes va Bahodir Jalolov nomlari qayd etilgan.
Jahon boksida “Qiziqarli janglar olib boruvchi” sifatida hamyurtimiz Abdumalik Halakov keltirilgan. “Yil nokauti” sifatida esa Bahodir Jalolovning Richard Torres ustidan qozongan g'alabasi ko'rsatilgan.
Ushbu maqola so'ngida O'zbekiston – “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya etirof bilan yakunlangan.
Fikrlar