12 iyu 14:15
Yangiliklar
Futbol

Angliya terma jamoasi tarixda ilk bor Afrika jamoasiga mag'lub bo'ldi
Angliya terma jamoasi Afrika jamoasiga qarshi o'yinda tarixdagi birinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
10 iyun kuni Nottingem shahridagi "Siti Graund" stadionida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida inglizlar Senegalga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Bungacha "uch sherlar" Afrika jamoalariga qarshi 21 ta o'yin o'tkazib, 15 g'alaba va 6 ta durang natija qayd etishgandi. Qo'shimcha antirekord – o'tkazib yuborilgan 3 ta gol. Avvalroq, Angliya Afrika jamoalariga bir o'yinda ikkitadan ortiq gol urishga yo'l qo'ymasdi.
Bu o'yinda Harri Keyn ettinchi daqiqadayoq hisobni ochgan bo'lsa, Senegal Ismail Sarr, Habib Diarra va CHeyx Sabalining gollari bilan javob qaytardi.
Havola :
Fikrlar