10 apr 18:17
Yangiliklar
Futbol

Angliyada darvozabon 90+4-daqiqada "qaychi" usulidagi zarba bilan gol urdi
"Leyston" darvozaboni Billi Jonson "Saffolk Kubogi" final uchrashuvida "Felikstouv end Uolton Yunayted" darvozasiga gol urishni uddaladi.
Golkiper 90+4-daqiqada burchakdan uzatilgan to'pni "qaychi" uslubidagi zarbasi bilan darvozaga yo'lladi. Aynan uning goli hisob 2:2 ko'rinish olishini taminladi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. O'yin penaltilar seriyasida davom etdi va "Felikstouv end Uolton Yunayted" baribir g'alabani qo'lga kiritdi (4:3).
Havola :
Manba : reddit.com
Fikrlar