23 fev 20:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Angrenda o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oldi
Toshkent viloyati Angren shahrida 2006-2007 yillarda tug'ilgan kichik o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.
15 ta vazn toifasida o'tkazilayotgan Respublika birinchiligida mamlakatimizning turli viloyatlaridan 400 nafarga yaqin yosh charm qo'lqop ustalari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishmoqda.
Kecha boshlangan bellashuvlar 28 fevralga qadar davom etadi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar